Qashqadaryoda 600 mln so‘m kredit o‘zlashtirib yuborildi

3-sahifa

image

Qashqadaryoda naslli quyonchilikni rivojlantirish loyihasiga ajratilgan 700 million so‘m kreditning 600 million so‘mi MCHJ rahbari va boshqalar tomonidan naqdlashtirsh yo‘li bilan talon-toroj qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Shahrisabz shahrida “K.” MCHJ rahbari A.J. va boshqalar bank muassasasiga naslli quyonchilikni rivojlantirish mazmunida biznes loyiha taqdim qilib, ushbu loyihaga asosan ajratilgan 700 million so‘m kreditning 600 million so‘mini “I.” MCHJ hisob-raqamiga quyon sotib olish uchun o‘tkazib, amalda kredit mablag‘ini naqdlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilishgan. 

Ushbu holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan. 

Hozirda mazkur  holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo talon-toroj

Baholaganlar

232

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing