Qashqadaryoda 6 kun oldin bedarak yo‘qolgan “uchastkavoy”ning murdasi topildi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanidagi Sechanko‘l atrofida bedarak yo‘qolgan Ichki ishlar boshqarmasi profilaktika inspektorining jasadi topildi. Bu haqda QALAMPIR.UZʼga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot kotibi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, inspektorning murdasi kecha, 4 avgust kuni soat 14:00 larda ko‘l havzasidan topilgan. Qutqaruv ishlari 6 kun davomida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining g‘avvoslar bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, profilaktika inspektori J.E. joriy yilning 30 iyul kuni bedarak yo‘qolgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo inspektor Sechanko'l

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing