Qashqadaryoda 5 bosh eshak so‘ygan shaxs arzimagan jarimaga tortildi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyati Koson tumanida 5 bosh eshak so‘ygan erkak 900 ming so‘m  jarimaga tortildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 1 iyul kuni soat taxminan 15:00 larda Koson tumani Arabxona mahallasida yashovchi T.Sh.ning uyida jiyani B.L. 5 bosh eshaklarni so‘ygani aniqlangan.

Shuningdek, eshak go‘shtlari tuman veterinariya bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda belgilangan tartibda hujjatlashtirib olingan va tegishli xulosaga asosan go‘sht mahsulotlari yo‘q qilingan.

Ma’lumotga ko‘ra, Koson tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektori tomonidan fuqaro B.L.ga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111- moddasi (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari, ya’ni 900 ming so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, Qarshida eshak go‘shti sotgan shaxs jinoyat kodeksining 186-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga ish haqining 20 foizi davlat daromadiga ushlab qolingan holda 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan edi


Maqola muallifi

Teglar

eshak eshak go'shtlari

Baholaganlar

292

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing