Samarqandda o‘quvchilar maktabga eshakda qatnamoqda (video)
Jamiyat
−
10:36 1869 2 daqiqa
Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida maktab o‘quvchilari maktabga eshakda qatnamoqda. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining tog‘li hududidagi maktab o‘quvchilari uzoq masofadan ta’lim muassasasiga eshaklarda qatnayotgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Videoda holat Kattaqo‘rg‘on tumani Mavlonsoy qishlog‘ida sodir bo‘lgani aytilgan. Biroq viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bu ma’lumotni rad etgan.
Boshqarma ma’lumotiga ko‘ra, video Mavlonsoyda emas, balki tuman markazidan 40 kilometr uzoqlikda joylashgan “Burgansoy” MFY Olmosuvon qishlog‘idagi 84-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tasvirga olingan.
Bildirilishicha, ushbu hudud Qo‘shrabot tumani bilan chegaradosh bo‘lib, tog‘ yonbag‘irlaridagi kichik va tarqoq qishloqlardan iborat. Ichki yo‘llar esa asosan so‘qmoqlardan tashkil topgan.
Ayni paytda maktabning asosiy binosida 92 nafar, filialida esa 21 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Filial bilan asosiy bino o‘rtasidagi masofa 3 kilometrni, asosiy binoga qatnaydigan eng olis masofa esa 4 kilometrni tashkil etadi.
Ushbu maktabda 5–11-sinflarda jami 74 nafar o‘quvchi tahsil oladi. Ularning 45 nafari Olmosuvon qishlog‘idan, 13 nafari filial hududidagi Qo‘shamazor qishlog‘idan, 17 nafari To‘lali qishlog‘idan va 17 nafari Jilqihaydar qishlog‘idan asosiy binoga qatnaydi.
Ta’lim boshqarmasiga ko‘ra, hududning tog‘li ekani va aholi punktlarining tarqoq joylashgani sababli mahalliy aholining aksariyati, jumladan, kundalik harakatlanishda ot-ulovlardan foydalanadi.
“Hozirda mutasaddi tashkilotlar tomonidan ushbu olis va tog‘li hududlarda o‘quvchilarning maktabga xavfsiz va qulay qatnashlarini ta’minlash, shuningdek, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar dasturi ko‘rib chiqilmoqda”, deyiladi munosabatda.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr