Qashqadaryoda 48 yoshli erkak o‘g‘il bola jiyanini zo‘rladi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatida o‘zining 8 yoshli o‘g‘il jiyanini zo‘rlagan erkak 16 yilga qamaldi. Bu haqda  “Sukut saqlama” (“Ne molchi”) loyihasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, 1975 yilda tug‘ilgan M.I. 2022 yilning noyabr oyida ikki shisha spirtli ichimlik iste’mol qilib, maktabdan o‘rtoqlari bilan qaytayotgan nevara o‘g‘il jiyanini ko‘rib qolgan. U 8 yoshli bolaga do‘konda shirinlik olib berib, uyiga chaqirgan. 

Uyida bolani bir xonaning ichkarisiga olib kirib, eshigini ichkari tomondan qulflagan. Unga ikki dona shirinlikni berib, o‘zining ustidagi barcha kiyimlarni yechgan. Voyaga yetmagan bola undan eshikni ochishini so‘rab, yig‘laganiga qaramay, qo‘lidan ushlab yerga qarab yotqizgan va majburlab yechintirgan. 

Shu payt xonaga farzandining uyga kelavermaganidan xavotir olgan bolaning otasi va uning yonidagi erkak kirib kelgan. Erkaklar M.I.ni jinoyat ustida suratga olgan.  

Aytilishicha, bu suratlar bola yaqinlarining ko‘rsatmalari bilan muhim dalil bo‘lgan, negaki M.I. aybini tan olmagan. U bola uyga o‘zi xohishi bilan kelganini, yalang‘och holatini esa go‘yoki kiyimlariga hojatini chiqarib qo‘ygani uchun ularni almashtirish maqsadida  yechganini aytgan.

Sud-psixologik ekspertizasining xulosasida voyaga yetmagan jabrlanuvchi ruhiy va aqliy jihatdan o‘z yoshiga mos ravishda xatti-harakatlariga javob bera olishi, bilish jarayonlarida og‘ishish yo‘qligi, uning bergan ma’lumotlarini ish uchun asos qilib olishi, guvohlik ko‘rsatuvi berishi mumkinligi ko‘rsatilgan. 

Joriy yilning 31 may kuni sud M.I.ning aybi to‘liq isbotlangan degan xulosaga kelgan va unga Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi bilan 16 yil qamoq jazosi berilgan. Erkak jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tashi bildirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat Qashqadaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing