Qashqadaryoda 4 yashar bola noma’lum kasallikdan vafot etdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida 4 yoshli bola "noma’lum" kasallikdan vafot etganligi, ayni paytda uning 6 yoshli oila a’zosi ham og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limida yotganligi, shifokorlar ularga tashxis qo‘ya olishmaganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Xabarlarda kasallikni aniqlash uchun Samarqanddan ham shifokorlar chaqirilgani, ammo ular ham tashxis qo‘ya olmagani aytilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, mazkur holatni o‘rganish va vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan malakali professor-shifokorlardan iborat  maxsus tibbiy brigada tuzilib, zudlik bilan G‘uzor tumaniga yuborilgan. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi bu holatni o‘z nazoratiga olgan. O‘rganish natijalari haqida batafsil ma’lumot beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

SSV

Baholaganlar

971

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing