Qashqadaryoda 4 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi
3-sahifa
−
24 yanvar 2023
7895Kecha, 23 yanvar kuni Qashqadaryo viloyatida bir oilaning 4 nafar a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Kasbi tumani “Qamashi” mahallasidagi xonadonda qo‘lbola usulda tayyorlangan isitish pechidan tabiiy gaz yonishi oqibatida hosil bo‘lgan is gazi dudburon orqali xona ichiga sizib chiqadi. Oqibatda xonada uxlab yotgan uy egasi va uning turmush o‘rtog‘i hamda voyaga yetmagan ikki nafar farzandi is gazidan zaharlanib vafot etgan.
Oila a’zolarining o‘lim sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Hodisa yuzasidan Kasbi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Chirchiq shahrida er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etgandi.