Qashqadaryoda 4,6 magnitudali zilzila yuz berdi
Jamiyat
−
04 mart
13145Bugun, 4 mart kuni O‘zbekiston hududida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan soat 11:29 da zilzila yuz berdi. Yer silkinishi epimarkazi Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumani. Zilzila koordinatalari 38,78 gradus shimoliy kenglik, 64,94 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda 4,6. Chuqurlik 8 km. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 457 km janubi-g‘arbda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Qashqadaryo viloyatida 2-3 ball, 73 km.