Qashqadaryoda 4,2 mlrd so‘mlik elektr o‘marildi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatida 4,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura shtabi tomonidan Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “U. M.” fermer xo‘jaligiga qarashli suv nasoslari o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, 1 milliard 841 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgani ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek, Koson tumanida fuqaro M. Sh. ga tegishli suv nasoslarida ham xuddi shunday qoidabuzarlik aniqlangan. Keltirilgan zarar dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2 milliard 428 million so‘mni tashkil qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatida 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing