Qashqadaryoda 300 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht to‘xtatib qolindi

Jamiyat

image

Qashqadaryoda "Umakay" YPX maskanidan o‘tayotgan Cobalt tekshirilganda,  mashinada talabga javob bermaydigan 300 kg go‘sht borligi aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Ko‘kdala tuman bo‘limi tomonidan YHXB xodimlari bilan hamkorlikda “Umakay” YPX maskanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Qarshi-Samarqand” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan Cobalt  rusumli avtotransport to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, haydovchining xavfsizlik talablariga javob bermaydigan qoramol go‘shtini olib ketayotgani aniqlanib, jami 300 kg go‘sht ashyoviy dalil sifatida olingan.

"Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda", deyiladi bu haqdagi xabarda.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qashqadaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing