Qashqadaryoda 26 yil avval qurigan quduq gaz bera boshladi
Jamiyat
−
05 fevral 2020
7749Qashqadaryo viloyatida 26 yil avval faoliyati tugatilgan quduqdan tabiiy gaz olina boshlandi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” Axborot xizmati xabar bermoqda.
Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasidagi “Shimoliy Muborak” gazkondensat konining 35-sonli qudug‘i 1995 yilgacha gaz berib, o‘zining majburiyatlarini bajarib bo‘lgandan keyin tugatilgan quduqlar fondiga o‘tkazilgan edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mutaxassislar tomonidan ushbu quduqda tubdan ta’mirlash dastgohi yordamida 2202 mertgacha ikkinchi yon-tana burg‘ulash ishlari amalga oshirilgan.
Natijada, quduqdan sanoat miqyosidagi kunlik 100 ming metr kub tabiiy gaz va 1,5 tonna gazkondensat olishga erishildi.
“Hozirda ushbu quduq ustini jihozlash va gaz kollektoriga qo‘shish ishlari amalga oshirilmoqda”, deyiladi xabarda.