Qashqadaryoda 24 yoshli yigit voyaga yetmagan qizni olib qochdi
3-sahifa
−
26 yanvar
23215Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida 24 yoshli yigit o‘zining mahalladoshi bo‘lgan 17 yoshli qizni olib qochib ketdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ'ga Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidov xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, yigitning sovchilari qizning ota-onasidan rad javobini olgan. Shundan so‘ng, 2023 yilning 10 mart kuni yigit o‘quv markazidan chiqib, uyiga qaytayotgan qizni o‘zining Damas rusumli mashinasiga o‘tkazib, Toshkentga olib ketgan.
Xavotir olib qo‘ng‘iroq qilgan qizning oila a’zolari qo‘ng‘iroqlariga esa "xavotir olmang, yaxshimiz" qabilida javob bergan.
Ertasi kuni viloyatga qaytgani zahoti qo‘lga olingan yigitga nisbatan jinoyat ishi ochilib, ishi sudga oshirilgan.
Sudda esa sudlanuvchi K.P. qiz bilan anchadan buyon bir-birlarini yaxshi ko‘rishi, uni majburlab olib ketmagani, ikkisining birga tushgan ko‘plab fotosuratlari mavjudligini aytib o‘tgan.
Jabrlanuvchi qiz esa sudda yigit unga uzoq vaqt "shilqimlik" qilib yurganini, o‘sha kuni esa majburlab poytaxtga olib ketganini aytgan. Avvalroq gaplashib turish uchun unga "hadya qilgan" telefon apparatini ham qo‘rqqanidan olganini ta’kidlagan.
Sudda ishtirok etgan guvohning so‘zlariga qaraganda, ular viloyatga birga qaytishgan va qiz yo‘l davomida yaxshi kayfiyatda musiqa tinglab kelgan.
Sud yigitni Jinoyat Kodeksining 136-moddasi (Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish) moddasi bilan aybli deb topib, unga nisbatan 2 yilga ozodlikdan cheklash jazosini tayinladi.
LiveBarchasi