Qashqadaryoda 2 yashar bola YTH qurboni bo‘ldi
Jamiyat
−
28 may 2020
7560Kecha, 27 may kuni Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida 2 yoshli bolaning o‘limi yakunlangan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.
Haydovchi 22 yoshli N.T. soat 9:00 da boshqaruvida bo‘lgan Damas rusumli avtomashinasida Iskana qishlog‘ining ichki yo‘lidan harakatlanib kelayotgan vaqtda avtomashinaning old tomonida o‘ynab yurgan voyaga yetmagan 2 yoshli S.M.ni urib yuborgan.
Natijada voyaga yetmagan S.M. tan jarohati olib, hodisa joyda vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Kitob tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.