Qashqadaryoda 2 nafar hokim yordamchisi qamoqqa olindi
3-sahifa
−
12 aprel 2023 17445 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ va Shahrisabz tumanlarida 2 nafar hokim yordamchisi jinoyat ustida ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Yakkabog‘ tumanidagi mahallalardan birida hokim yordamchisi o‘zi norasmiy rahbarlik qiluvchi 2 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatga qurilish materiallari sotib olish uchun bankdan ajratilgan 1,7 mlrd so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘larini boshqalar bilan jinoiy til biriktirib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Yana bir holatda esa Shahrisabz tumanidagi mahallalardan birida hokim yordamchisi fuqaroning 5 gektar yer maydoni auksion savdolariga chiqib ketganidan xabardor bo‘lib, unga ushbu yer maydonining 50 sotixini qoldirib berish evaziga 500 AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.
Live
BarchasiAQSH va Eron memorandum imzoladi
18 iyun