Qashqadaryoda 19 yil oldin nohaq qamalgan bojxona xodimi oqlandi (video)

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatida yashovchi sobiq bojxona xodimi 19 yildan so‘ng oqlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi xabar berdi.

Ish hujjatlariga ko‘ra, Husniddin Choriyev Surxondaryo viloyati Bojxona boshqarmasining bojxona maskani katta inspektori lavozimidagi faoliyati davomida bir guruh shaxslar ishtirokida o‘zaro jinoiy til biriktirib, juda ko‘p miqdordagi mandarin mahsulotlarini bojxona yuk bayonnomasida ko‘rsatmasdan bojxona nazoratidan yashirib, katta miqdordagi mandarinni o‘tkazish maqsadida xizmat lavozimidan foydalanib, mansab soxtakorligiga yo‘l qo‘yib, davlatga undirilishi lozim bo‘lgan to‘lovlarni to‘lamaslik uchun fuqaroga sharoit yaratib berib, davlat va jamiyat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sababchi bo‘lganlikda ayblangan edi.

19 yil muqaddam unga chiqarilgan Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudining 2006 yil 31 oktyabrdagi hukmi va Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudi apellyatsiya instansiyasining 2006 yil 27 dekabrdagi ajrimi bekor qilindi.

Qashqadaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati taftish instansiyasining joriy yilning 22 sentyabrdagi hukmiga muvofiq fuqaro Husniddin Choriyev oqlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 15 yil muqaddam harbiy qism yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketishni nazarda tutuvchi modda bilan nohaq sudlangan kapitan oqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo bojxona xodimi Husniddin Choriev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing