Qashqadaryoda 18 yil ta’tilsiz ishlagan shifokorga 100 mln so‘m to‘landi
Jamiyat
−
27 iyul 2023
9817Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida 18 yil davomida mehnat ta’tilisiz ishlagan shifokorga 100 million so‘m kompensatsiya puli to‘lab berildi. Bu haqda viloyat Adliya boshqarmasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, u 18 yil davomida qishloq vrachlik punktlarida va oilaviy poliklinikada shifokor bo‘lib ishlagan. Ammo, mazkur hududda shifokor yetishmovchiligi sabab mehnat ta’tili ololmagan.
Pensiya yoshida bo‘lsa ham hamon ishlayotgan shifokor dastlab yillar davomida mehnat ta’tili olmagani uchun kompensatsiya berilishini so‘rab, Tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Ammo birlashma tomonidan so‘rov qanoatlantirilmagan.
Shundan so‘ng, u bu borada ko‘mak berilishini so‘rab, Chiroqchi tumani Adliya bo‘limiga murojaat qilgan. Adliya bo‘limi yordami bilan shifokorga 100 mln so‘m kompensatsiya puli undirib berilgan.
LiveBarchasi