Qashqadaryoda 17 yoshli qiz ko‘p qavatli uyning tomidan o‘zini tashladi
3-sahifa
−
07 fevral 2025 17803 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyatida 17 yoshli qiz 16 qavatli uyning tomidan o‘zini tashlab, o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga asosan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Bildirilishicha, bugun, 7 fevral kuni soat 09:35 larda 2007 yilda tug‘ilgan Qarshi shahar “Naqshab” MFYda yashagan Z.Sh. “Navo” MFY Mustaqillik ko‘chasida joylashgan 16 qavatli uyning yuqori tom qismidan o‘zini-o‘zi pastga tashlab, o‘z joniga qasd qilishi oqibatida vafot etgan.
Hodisa yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning oktyabr oyida Surxondaryo viloyatida 17 yoshli qiz 8-qavatdan tushib ketib, halok bo‘lgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025