Qashqadaryoda 14 yoshli qiz 4 kishi tomonidan zo‘rlanganini aytmoqda
3-sahifa
−
05 mart 2022
44445Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida yashovchi 2007 yilda tug‘ilgan qiz o‘tgan yili 4 kishi uni zo‘rlaganini aytib, videomurojaat bilan chiqdi.
“Voqea 2021 yil iyun oyida bo‘ldi. Dalada edim, atrofda hech kim yo‘q edi. Ular 4 kishi bo‘lib keldi. Ularning ikkisi meni ushlab turdi, qolgan ikkisi galma-galdan tegindi. Qochmoqchi bo‘ldim, baqirdim. Ular menga kuch bermadi. Agar birovga aytsang, seni o‘ldirmiz deb, qo‘rqitishdi”, deydi qiz.
Mazkur holat yuzasidan Kasbi tuman hokimligi rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Kasbi tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 128-moddasi 2-qism a bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tergov harakatlari davomida voyaga yetmagan H.A.ning arizasiga ko‘ra, zo‘rlaganlikda gumon qilingan 4 nafar shaxs bu harakatlarni sodir etmaganini aytib, inkor qilishgan.
“Tergov ishida dalillar yetarli bo‘lmagani bois tergov hujjati vaqtincha to‘xtatilgan. Bola tug‘ilib, DNK tekshiruvi natijasi e’lon qilinishi bilan tergov harakatlari qayta qo‘zg‘atiladi”, deyiladi hokimlik xabarida.
LiveBarchasi