Qashqadaryoda 12 ta echkiemarni yegan erkak jazolandi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatida Qizil kitobga kiritilgan echkiemarlarni tutib, so‘yib yegan 61 yoshli erkak jazolandi

Bildirilishicha, 3 marta infarkt bilan og‘rigan keksa fuqaro tanishlaridan echkiemar go‘shti va terisi kasallikka davo ekanini eshitib, yovvoyi echkiemarlarni ovlashga tushgan.

U birinchi ovda 14 bosh echkiemarni, keyingi safar 18 bosh bo‘z echkiemarni ovlagan. Otaxon kasallikka davo topish ilinjida ovlab kelgan echkiemarlarni  pishirib yegan.

U 32 bosh echkiemarning 12 tasini go‘shti va terisini yegan, qolgan 20 tasini keyinchalik yeyish uchun uyida boqib kelgan. 

Sud erkakka 3 yilga ozodlikdan cheklash jazosi belgilab, Ekologiya vazirligi foydasiga 141 mln 900 ming so‘m undirishni hukm chiqargan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyun oyida Qashqadaryo viloyatida 43 bosh bo‘z echkiemarni o‘ldirib, sotish maqsadida terisini shilgan brakoner ushlangandi. Iyul oyida esa shu viloyatda yashovchi boshqa bir fuqaro o‘z xonadonida 9 ta bo‘z echkiemari va 5 ta O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasini noqonuniy saqlab kelayotgani hamda 2 ta ko‘lvor ilonini o‘ldirib, hovlisiga osib qo‘ygani aniqlangandi.  


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo echkiemar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing