Qashqadaryoda haydovchi mast odamni urib yuborib, paxta dalasiga tashlab ketdi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida haydovchi yo‘l-transport hodisasini sodir etib, jarohat olgan fuqaroga yordam bermasdan qochib ketdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, marhum tumanning “Qoraquchchi” mahallasida yashagan. U kechki soat 00:30 atrofida onasining uyidan mast holda chiqqan va uni mashina urib ketgan.

IIO tomonidan olib borilgan surishtiruvlarda YTHni Qarshi tumanida yashovchi Labo haydovchisi sodir etgani aniqlangan. Haydovchi piyodani urib yuborganidan so‘ng uni avtomobiliga ortib, mahalladagi paxta maydoni yoqasiga tashlab ketgan. Oqibatda u tez tibbiy yordam ko‘rsatilmagani sababli vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lsa) va 117-moddasi 2-qismi (Xavf ostida qoldirish odam o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlanib, unga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda harakatlanayotgan mashina yukxonasida o‘tirgan 21 yoshli yigit vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing