Qashqadaryo – “yashil” hudud. Qaysi sohalardan karantin cheklovlari olib tashlandi?
Jamiyat
−
06 may 2020
12574Bugun, 6 may kuni Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev viloyat aholisiga murojaat bilan chiqdi. Hokim viloyat markazi Qarshi shahrida qator karantin cheklovlari yumshatilgan va ba’zilari bekor qilinganini e’lon qildi.
Xususan, ertaga, 7 maydan Qarshi shahrida karantin talablariga rioya qilgan holda quyidagilarga ruxsat beriladi:
• Yo‘nalishsiz taksilar 3 kishidan oshmagan holda yo‘lovchi tashishga (ammo Damas va avtobuslarga ruxsat berilmagan);
• Sartaroshxonalar ishini tiklashga;
• Mahsulotini tashqariga yoymagan holda savdo do‘konlariga;
• Fuqarolarga mototsikl, skuter va velosipedlarda harakatlanishiga;
• Mehmonxonalar faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yishga;
• Shaxsiy avtomobillarda Qarshi shahrida 24 soat davomida (maqsadli) harakatlanishga ruxsat berildi.
Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Respublika maxsus komissiyasiga karantin choralarini yengillashtirish masalasida bir nechta taklif bilan chiqqandi.
LiveBarchasi