Qashqadaryo viloyati SSB rahbari o‘zgardi

Jamiyat

image

Bugun, 28 oktyabr kuni Qashqadaryoda viloyat hokimi Murodjon Azimov va Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov ishtirokida Prezident belgilab bergan topshiriqlar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Boboyev Alisher Shukrullayevich Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda SSV xabar berdi. 

Ma’lumot uchun, Alisher Boboyev 1996 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlab, ushbu oliy o‘quv yurtining klinik ordinatura yo‘nalishida tahsil olgan. Shu vaqtga qadar u Sog‘liqni saqlash vazirligi kotibiyati bosh mutaxassisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Bungacha Alisher Boboyev Toshkent davlat tibbiyot institutida va Toshkent farmatsevtika institutida katta laborant, Toshkent shahar Olmazor tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi, 1-sonli Respublika klinik shifoxonasi maslahat-diagnostika poliklinikasi hamda Respublika klinik shifoxonasi urologiya bo‘limida shifokor-urolog bo‘lib ishlagan. 

U II darajali "Salomatlik" ordeni bilan taqdirlangan. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 27 oktyabr kuni Azizov Abdulla Abdusalomovich Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo tayinlov SSB rahbar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing