Qashqadaryo viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi
Jamiyat
−
30 yanvar 2024 14679 1 daqiqa
Bugun, 30 yanvar kuni polkovnik Abduvohid Ismoilov Salomovich Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Viloyat hokimligida o‘tkazilgan tayinlov tadbirida Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov ham ishtirok etgan.

Abduvohid Ismoilov 2019 yilning oktyabridan viloyat IIBga rahbarlik qilib kelayotgan Shuhrat Sotiboldiyevning o‘rnini egalladi.
Ma’lumot uchun, Ismoilov 1965 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. U bugungacha Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28