Qashqadaryo SEOMning 4 xodimi koronavirus yuqtirib oldi
Jamiyat
−
14 iyul 2020
6940Qashqadaryoda Sanitariya epidemiologiya markazi xodimlari koronavirus yuqtirib oldi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat SEOM Matbuot xizmati xabar berdi.
“8 iyul kuni o‘tkazilgan tekshiruvlarda SEO markazining 4 nafar xodimida test sinovlari musbat natijani ko‘rsatdi”, deyiladi xabarda.
Shu boisdan 9-10 iyul kunlari markaz to‘liq dizenfeksiya tadbirlarini o‘tkazish uchun vaqtincha yopilgan. Laboratoriyada ishlovchi xodimlar uy karantiniga olingan.
Markazning qayd etishicha, koronavirus infeksiyasiga birinchi navbatda bemorlar va ular bilan birlamchi, ikkilamchi muloqotda bo‘lganlar, chet davlatdan kelgan fuqarolar hamda tibbiyot xodimlari, tana harorati 37 darajadan yuqori bo‘lgan shaxslardan test namunalari olinishi belgilangan.
“Fuqarolarning asossiz test topshirishlari o‘z navbatida tahlillar sonining ortishiga, bu esa tekshirish zarurati bo‘lgan shaxslarning tahlillari kechikishiga sabab bo‘lmoqda”, deyilgan xabarda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 13 872 nafarga yetdi. Hozirgacha ularning 8074 nafari sog‘aygan va 64 nafari vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasi yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 100 million so‘m to‘lanishi belgilangan.
LiveBarchasi