Qashqadaryo hokimligida yangi lavozim joriy etiladi

Jamiyat

image

Joriy yil 23 noyabr kuni O‘zbekiston Prezidentining “Qashqadaryo viloyatining mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat qishloq va suv xo‘jaligi tarmog‘idagi mavjud tizimli muammolarni bartaraf etish, hududda agrar tarmoqning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish hamda mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlarining mas’uliyati va javobgarligini yanada oshirish maqsadida qabul qilingan.

Qaror bilan Qashqadaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi joriy etilmoqda.

Unga quyidagi vazifalar yuklanadi:

•    qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning samarali usullarini joriy etish, agrosanoat klasterlarini rivojlantirish;
•    yangi intensiv bog‘ va tokzorlarni barpo qilish va issiqxonalarni tashkil etish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosini ta’minlash;
•    tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish bo‘yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
•    suv resurslaridan oqilona foydalanish, suvni tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish;
•    innovatsion ishlanmalar, shuningdek, zamonaviy avtomatlashtirish va AKTlarini qishloq xo‘jaligi tarmoqlariga joriy etish;
•    chorva mollari bosh sonini, go‘sht, sut, tuxum, baliq va asal ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlash.

Qashqadaryo viloyati hokimligi boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi tasdiqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo

Baholaganlar

283

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing