Qashqadaryo hokimiga yana bir o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image
Zoyir Mirzayevga birinchi o‘rinbosar tayinlandi north_east

Zoyir Mirzayevga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Qashqadaryo viloyati rahbar kadrlari orasida navbatdagi o‘zgarish amalga oshirildi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot kotibi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasiga viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Obloyar Sobirovich Boymirov vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

Shuningdek, viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Farhod Berdiyevich Oqboyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasidan ozod etildi.

Farxod Oqboyev o‘rnini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Qashqadaryo viloyati Bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari G‘anisher Ahmadovich Xaydarov egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo tayinlov

Baholaganlar

137

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing