Zoyir Mirzayevga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
26 Oktabr 2019
9067Avvalroq, Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Xurram Jo‘rayev va hokimning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Baxtiyor Rajabov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik.
Bugun, 26 oktyabr kuni Xurram Jo‘rayev o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari O‘tkir Umirovich Bo‘tayev birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi.
Viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi ochiq qoldi.
Eslatib o‘tamiz, bugun Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Uning o‘rniga Zoyir Mirzayev viloyat hokimi etib tayinlandi.
LiveBarchasi