Qashqadaryo hokimiga ikkita yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Avvalroq Qashqadaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Rustam Yo‘ldoshev va hokimning qurilish bo‘yicha o‘rinbosari Akbar Eshonqulov egallab turgan lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik.

Viloyat hokimi matbuot kotibi Ahror Sodiqov ishdan bo‘shatilgan o‘rinbosarlar o‘rniga yangilari tayinlanganini ma’lum qildi.

Qashqadaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Anvar Eshpo‘latovich Qobilov tayinlandi.

Bungacha u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Qashqadaryo viloyati filiali rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Viloyat hokimining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Murodulla G‘aniyevich Azizov tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov

Baholaganlar

270

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing