Qarshining sobiq hokimi qamoqqa olindi. U davlatga milliardlab zarar yetkazishda ayblanyapti

3-sahifa

image

Avvalroq davlat manfaatlariga 60 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazishda gumonlanayotgan Qarshi shahar sobiq hokimi Jamshid Fozilovga nisbatan viloyat prokuraturasi tomonidan kiritilgan qamoqqa olish tarzidagi iltimosnoma rad etilib, uy qamog‘i ehtiyot chorasi tanlangani haqida xabar bergan edik.

Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan J. Fozilovga nisbatan qo‘llanilgan ehtiyot chorasi yuzasidan Oliy sud Matbuot kotibi tushuntirish berdi.

Muqaddam Qarshi shahar hokimi lavozimida ishlagan, ayni vaqtda tergov organi tomonidan Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi “a” bandi, 209-moddasi 2-qismi “a” bandi, 206-moddasi 2-qismi “a” bandi va 229-4-moddasi 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan Jamshid Fozilovga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudining joriy yil 20 oktyabrdagi ajrimiga muvofiq uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llanilgandi.

Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining joriy yil 22 oktyabrdagi ajrimiga muvofiq jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudining 2022 yil 20 oktyabrdagi ajrimi bekor qilingan. Shuning barobarida Qashqadaryo viloyat prokurori o‘rinbosarining Jamshid Fozilovga nisbatan qamoqqa olish tariqasidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi iltimosnomasi qanoatlantirilgan. Jamshid Fozilovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, sud zalidan darhol qamoqqa olingan. 

Ajrim uzil-kesil hisoblanganligi sababli uning ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish mumkin emas.


Maqola muallifi

Teglar

Jamshid Fozilov

Baholaganlar

339

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing