Qarshidan Moskvaga uchayotgan samolyotning dvigateli ishlamay qoldi. Reys kechiktirilgan
Jamiyat
−
06 iyun 2021
6352Ijtimoiy tarmoqlarda “Moskva – Qarshi – Moskva” yo‘nalishi bo‘yicha parvozning kechikkani, samolyot ichidan odamlar tushirilmay, “qamab qo‘yilgani” haqida xabarlar tarqaldi. Holat bo‘yicha turli izohlar, fikrlar bildirildi.
Xabarlarga ko‘ra, ushbu parvoz Rossiyaning “Royal Flight” aviakompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan. Yo‘lovchilar bortga chiqarilganidan so‘ng, samolyot dvigatellari ishlamay qolgan. Bunga ob-havo sharoiti, ya’ni havo haroratining +44 gradusdan yuqoriga ko‘tarilib ketgani sabab bo‘lgan.
Oqibatda ushbu parvozni tungi vaqtda amalga oshirish qarori qabul qilinib, yo‘lovchilar bortni tark etgan. Yo‘lovchilarning sog‘ligi yomonlashgani haqida xabar kelib tushmagan. Samolyot 6 iyun kuni soat 04:54 da Moskvaga uchgan (aslida, jo‘nash 5 iyun kuni soat 15:30 ga rejalashtirilgan).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Hukumatlari o‘rtasidagi havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim asosida "O‘zaviatsiya" agentligi tomonidan Rossiya Federatsiyasining "Royal Flight" aviakompaniyasiga kecha, 21 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasiga “Moskva – Andijon - Moskva” yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ham ekspluatatsion ruxsatnoma berilgandi.
LiveBarchasi