Qarshidagi bog‘chada omborxona mudiri o‘ldirib ketildi. Bog‘cha IIBga tegishli

Jamiyat

image

Qarshi shahridagi “Yulduzcha” maktabgacha ta’lim tashkilotining omborxona mudiri o‘ldiri MTT binosida o‘ldirib ketilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi xabar bermoqda. 

Voqea 2019 yilning 18 dekabrida sodir bo‘lgan. Jinoyat MTT kir yuvuvchi xodimasining turmush o‘rtog‘i tomonidan sodir etilgan. Voqeada bolalar jabrlanmagan.

“Yulduzcha” MTT idoraviy tashkilot hisoblanib, Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yurisdiksiyasi doirasida joylashgan. Tarbiyalanuvchilarni qabul qilish, shuningdek xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish Ichki ishlar boshqarmasining tuman bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan ushbu MTTga IIB ruxsati bilan metodik yordam ko‘rsatiladi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan MTTda xavfsizlikni oshirish yuzasidan ishlar amalga oshirilmoqda. Shunga ko‘ra, Maktabgacha ta’lim vazirining 2019 yil 14 oktyabrdagi 188-sonli buyrug‘iga muvofiq qo‘riqchilar uchun qo‘shimcha ish stavkalar joriy etilganligi munosabati bilan MTTlari endi dam olish va bayram kunlarida ham qo‘riqlanadi.

Bundan tashqari, MTVning ishchi guruhi tomonidan maktabgacha ta’lim tashkiloti hududiga begona shaxslarning kirishini tartibga soluvchi hujjat ishlab chiqilmoqda. Qarshi shahrida sodir etilgan holatdan kelib chiqqan holda, tarbiyalanuvchilar xavfsizligi maqsadida qo‘shimcha cheklovlar joriy etilishi lozim. Bu ruhiy jihatdan nosog‘lom, jinoyat sodir etishga moyilligi bor, yuqumli va boshqa kasalliklar bilan kasallangan shaxslarning bolalar oldida bo‘lishi xavfini kamaytiradi. Hujjatning loyiha variantida tashrif buyuruvchilar MTTga tashrif buyurish sababi mavjud bo‘lgan holda mudir hamrohligida tashkilotga kira olishi nazarda tutilmoqda. Maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyat olib boruvchi er-xotin yoki qarindoshlar yoniga tashrif buyurish sabab hisoblanmaydi. Maktabgacha ta’lim vazirligi jinoyat qurbonining oilasiga hamdardlik bildiradi”, deyiladi vazirlik xabarida. 

Ayni vaqtda prokuratura tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasiga (javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish) muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat Qotillik Maktabgacha ta'lim vazirligi

Baholaganlar

198

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing