Qarshida mast haydovchi piyodaning umriga zomin bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 14 may kuni soat 11:15 larda Qashqadaryo viloyati, Qarshi tuman, Uzunnova qishlog‘idan o‘tuvchi A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 60-kmda piyodaning umriga zomin bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Haydovchi 1975 yil tug‘ilgan B.Ya. (erkak) “Paz 3742” rusumli transport vositasini spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda, “KAR-VASH” nomli transport vositalariga yoqilg‘i quyish shaxobchasidan, transport vositasini orqaga harakatlantirib asosiy yo‘lga chiqib, yo‘lning chetki qismida taksi to‘xtatish maqsadida turgan 1995 y.t. D.R.ni ko‘rmay qolib urib yuborgan.

Natijada, piyoda D.R. (erkak) og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Qarshi tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qarshi

Baholaganlar

145

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing