Qarshida “kolyaska”dagi go‘dak o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchiga sud hukmi o‘qildi

3-sahifa

image

Qarshi shahrida yo‘lning piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan ayolning aravachadagi farzandini urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan avtomobil haydovchisiga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

YTH joriy yilning 10 avgust kuni soat 21:10 larda shaharning Mustaqillik ko‘chasida yuz bergandi. Haydovchi F.E. Nexia avtomobilida yo‘lning piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan ayol va uning bolalar aravachasidagi hali bir yoshga ham yetmagan farzandini urib yuborgan. Oqibatda bola og‘ir tan jarohati bilan shahar shifoxonasiga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajaga qaramasdan, shifoxonada vafot etgan.

“Qamalsin! Qonuniy jazo olishini xohlayman”, dedi farzandidan ajralgan ayol.

Sud hukmi bilan haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan aybdor deb topildi. Unga 2 yilu 6 oy muddatga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinib, 6 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

531

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing