Qarshida qurilish ob’ektida halokat yuz berdi. Bir kishi qurbon bo‘ldi
Jamiyat
−
24 iyun 2020
14038Kecha, 23 iyun kuni soat 21:30 da Qarshi shahri, Islom Karimov ko‘chasi “Nasaf Travel” mehmonxonasi binosining chap tomonidan qo‘shimcha qurilayotgan 5 qavatli binoning yuk ko‘taruvchi temir-beton konstruksiyalari qulab tushgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, buning oqibatida, 1 nafar ishchi-xodim voqea joyida vafot etgan.
Mazkur vaziyat yuzasidan, hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Mudofaa, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy Gvardiya va Prokuratura organlarining hududiy boshqarmalari shuningdek, Favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat quyi tizimining kuch va vositalari yetib borishgan.
Ayni vaqtda, holatning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.
LiveBarchasi