Qarshida ikki shaxs IIO xodimlariga pichoq bilan hujum qildi

3-sahifa

image

Qashqadaryoda ikki shaxs restoranda janjal qilib, pichoq bilan ichki ishlar xodimlariga hujum qildi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Qarshi shahar “Temir yo‘lchi MFYda yashovchi fuqaro N.L. joriy yilning 19 fevral kuni soat 00:05 larda shahardagi “Viktoriya” restoraniga ikki nafar tanishi A.T. va Sh.S. bilan borib, restoran ishchisi S.A.ga “Musiqani o‘chirsang, shu pichoqni peshanangga otaman” deb qo‘rqitib, janjal qilgan. 

Natijada N.L.ni tinchlantirish uchun restoranga kelgan ichki ishlar organlari va milliy gvardiya xodimlarining qonuniy talabini bajarish o‘rniga faol qarshilik ko‘rsatib, sherigi A.T. bilan ikki nafar ichki ishlar organlari xodimining yoqasidan tutib, siltab tashlab qochishga uringan. Restorandan ko‘chaga chiqqan N.L. qo‘lidagi pichoq bilan yana bir nafar ichki ishlar organi xodimiga shikast yetkazmoqchi bo‘lganida xodim chap berishi oqibatida yiqilib, tan jarohati olgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida shu kuni N.L. ushlanib, zararsizlantirilgan.

Holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan N.L va A.T.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan. Tergov harakatlari tamomlanib, sudga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudning joriy yilning 2 avgust kunidagi hukmi bilan N.L va A.T. tegishli jazoga tortilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qarshi

Baholaganlar

399

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing