Qarshida gaz quyish shoxobchasi portlab ketdi
3-sahifa
−
08 iyun 3693 1 daqiqa
Bugun, 8 iyun kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 13:50 da Qashqadaryo viloyati FVBga Qarshi tumani “Chaman” MFYda joylashgan maishiy gaz ballonlariga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida portlash bo‘lganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa joyiga zudlik bilan qutqaruv bo‘linmalari yetib borib, portlash oqibatida yuzaga kelgan yong‘in bartaraf etilmoqda. Qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Samarqand shahrida joylashgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalaridan birida yong‘in sodir bo‘lgandi.
Live
BarchasiMetroda poverbank yonib ketdi
08 iyun