Qarshida fuqaro o‘zini osib qo‘ydi
Jamiyat
−
29 yanvar 2022
14956Joriy yilning 19 yanvar kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida 38 yoshli fuqaro jasadi osilgan holda topildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, Qarshi shahrida yashagan 38 yoshi N.N. Qarshi shahar, “Oydin” mahalla fuqarolar yig‘ini, Jayxun ko‘chasida joylashgan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasida o‘zini osib, joniga qasd qilgan.
Marhumning o‘lim sababini aniqlash uchun sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmokda.
LiveBarchasi