Qarshida erkak ayoliga jahl qilib, uyini portlatib yubordi

3-sahifa

image

Joriy yilning 6 mart kuni Qarshi tumanidagi Shirkent mahallasida erkak ayoliga achchiq qilib, o‘z uyini portlatib yubordi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida xabar qilingan.

“Janjallashib qoldik. Meni urdi, uloqtirib yubordi, yiqilib tushdim, yana ura boshladi, zo‘rg‘a qochib qutuldim. Keyin profilaktika inspektoriga xabar berdim”, deydi ayol.

“Profilaktika inspektori bilan keldik. Men yashashni xohlamayman, oilamniyam, o‘zimniyam o‘ldiraman deb po‘pisa qildi. Bu vaqtda u gaz ballonni ochgan ekan”, deydi mahalla kotibi.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, turmush qurganlariga 30 yil bo‘lgan. Oilada doimiy janjallar bo‘lib turgan. O‘sha kungi janjalga ham hech qanday arzirli sabab bo‘lmagan. Inspektor ayoli va qizini tashqariga olib chiqib, erkakni ham olib chiqmoqchi bo‘lib kirgan vaqtida gugurtni chaqib yuboradi. Natijada portlash yuz berib, uyning bir qismi qulab tushadi.

Portlash oqibatida uchastka inspektori va mahalla kotibi turli darajadagi jarohat olishgan. Erkak o‘z so‘zlarida katta xato qilgani, endi jabrini chekayotgani haqida ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

portlash Qarshi

Baholaganlar

563

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing