Qarshida er xotini va qaynsinglisini pichoqladi. Ayollardan biri o‘ldi

3-sahifa

image

Joriy yilning 14 yanvar kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida erkak qaynsinglisi va xotinini pichoqladi. Natijada ayollardan biri vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020 yil dekabr oyining oxirlarida Qarshi shahar yashovchi ayol N.S. eri K.S. bilan o‘zaro kelishmovchiligi sabab Qarshi tumanida yashagan singlisi  N.L.nikiga borib yashay boshlagan.

14 yanvar kuni soat taxminan 18:10 larda Qarshi tumani yashovchi qaynsinglisining uyiga spirtli ichimlik ham istemol qilgan holda borgan er K.S. jahl ustida turmush o‘rtog‘i N.S. va qaynsinglisi N.L.ni badanining turli joylariga o‘zi bilan olib borgan oshxona pichog‘i bilan hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Voqea joyida 15-20 daqiqalar o‘tirgach, velosipediga minib, yashash uyiga qaytib ketgan.

“Vaqtida er-xotinni murosaga keltirish bo‘yicha profilaktik choralar ko‘rilganda ehtimol, bu mudhish hodisa yuz bermagan, bir oila parokanda bo‘lmagan, ikki ayoldan birining umri bevaqt zavol topmagan, biri esa og‘ir tan jarohati olmagan bo‘lardi”, deyiladi Qashqadaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi ma’lumotida.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi tuman prokuraturasi tomonidan K.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik jinoyat Qarshi

Baholaganlar

946

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing