Kurs UZS

USD

12 968.38

-4.93

EUR

14 343.03

14.01

RUB

152.37

1.18

Qarshida “elektroset” xodimi 1 mlrd so‘mlik “svet”ni talon-toroj qildi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida elektr tarmoqlari korxonasi xodimi fermer bilan til biriktirib, 1 mlrd 50 mln so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Qarshi shahar elektr tarmoqlari korxonasi xodimi B.A. “S” fermer xo‘jaligi rahbari O‘.T. bilan oldindan til biriktirib, fermer xo‘jaligining omborxonasidagi 2 dona qo‘lbola yog‘ ishlab chiqarish uskunasini elektr tarmog‘iga noqonuniy ulash yo‘li bilan 1 mlrd 50 mln so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlik yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan B.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida noqonuniy tashkil qilingan mayning fermada 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingani aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

elektr energiyasi Qashqadaryo elektroset

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing