Qarshida 2 mlrd so‘mlik alkogolni talon-taroj qilganlar ushlandi
3-sahifa
−
12:29 2592 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida alkogol’ ishlab chiqaruvchi tadbirkorning 2 milliard so‘mlik mulkini o‘zlashtirgan shaxslar fosh etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.
Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ma’lum bo‘lishicha, “Z.S.” MCHJ qo‘shma korxonasining Qarshi shahridagi omborxona tovarshunosi T.Q. va korxona ekspeditori I.G‘.lar o‘zaro til biriktirib, o‘ziga ishonib topshirilgan korxonaning umumiy bahosi 2 milliard so‘mlik alkogol mahsulotlarini naqd pulga sotib yuborib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda narkotik moddalarni Telegram orqali sotgan jinoiy to‘da ushlangan edi.
Live
Barchasi