Qarshi maxsus prokurori 46 yoshida kasallikdan vafot etdi
Jamiyat
−
07 Sentabr 2020
17458Qamoqqa olinganlarni saqlash va jazoni ijro etish joylarida qonunlarga rioya etishi ustidan nazorat bo‘yicha Qarshi prokurori Dehqonboy Ubaydullayevich Abdullayev 46 yoshida vafot etdi.
Bosh prokuratura Matbuot xizmatining QALAMPIR.UZ`ga ma’lum qilishicha, Dehqonboy Abdullayevning o‘limiga ikki tomonlama interstitsial pnevmoniya sabab bo‘lgan.
Dehqonboy Abdullayev 1974 yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 1998 yildan buyon prokuratura organlarida xizmat kilib kelgan. 2019 yil Qamoqqa olinganlarni saqlash va jazoni ijro etish joylarida qonunlarga rioya etishi ustidan nazorat bo‘yicha Qarshi prokurori lavozimiga tayinlangan.
Bosh prokuratura jamoasi Dehqonboy Abdullayevning vafoti munosabati bilan marhumning qarindosh va yaqinlariga hamdardlik bildirgan.
Avvalroq, Toshkent viloyati prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi alohida muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchisi Turg‘un Kamolov koronavirusdan vafot etgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi