Qariyb 6 mln qochqin bola maktabga bora olmayapti – BMT

Bu qiziq

−

image

2025 yilda butun dunyo bo‘ylab qariyb 6 million qochqin bola maktabga bormagan. Moliyalashtirishning global qisqartirilishi yana millionlab bolalarni ta’limdan mahrum qilish va ko‘p yillik ilgarilashni yo‘qqa chiqarish xavfini tug‘dirmoqda. Bu haqda BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi xabar beradi. 

Boshqarma o‘zining “Kelajak sari yo‘llar: ta’lim, imkoniyatlar va mustaqillik” nomli yillik hisobotida mavjud vaziyatga o‘z bahosini beradi: o‘tgan yili maktab yoshidagi 13,1 million qochqin bolaning 5,8 millioni yoki 44 foizi ta’lim muassasasiga qatnamagan.

Bashlang‘ich ta’limdan o‘rta ta’limga o‘tish qochqin bolalar uchun eng jiddiy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. 2025 yilda qochqinlar orasidagi kichik maktab yoshidagi bolalarning 65 foizi boshlang‘ich maktabga qatnagan, ammo atigi 32 foizi o‘rta maktabda tahsil olgan.

Qizlar uchun vaziyat yanada yomonroq. Boshlang‘ich maktabda qizlar va o‘g‘il bolalar qariyb teng ulushda o‘qiydi, ammo o‘rta ta’limda farq keskin ortadi: qashshoqlik, xavfsizlik tahdidlari, erta turmush qurish va boshqa omillar tobora ko‘proq o‘smir qizlarni maktabni tark etishga majbur qilmoqda.

Oliy ta’lim sohasida esa vaziyat biroz yaxshilangan. O‘tgan yili oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan qochqinlar ulushi bir yil oldingi 9 foizga nisbatan rekord darajadagi 11 foizga yetgan. Umuman olganda, 450 mingdan ortiq qochqin ilk bor oliy ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lgan – bu butun kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich. Oliy ta’lim qochqin ayollar va qizlar uchun alohida qiymatga ega: u ko‘nikmalar, malaka, ish va kattaroq iqtisodiy mustaqillikka yo‘l ochadi.

Biroq foydalanish imkoniyati o‘ta tengsizligicha qolmoqda. Ma’lumot taqdim etgan mamlakatlarning 80 foizdan ortig‘ida oliy ta’lim olayotgan qochqinlar ulushi umummilliy ko‘rsatkichdan pastligicha qolmoqda. Daromadi past va mojarolar qamrab olgan davlatlarda qochqinlarning atigi 2 foizi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olmoqda.

Boshqarma xalqaro hamjamiyatni va rivojlanish bo‘yicha hamkorlarni ta’limni moliyalashtirishni himoya qilishga hamda qochqinlarni qabul qiluvchi davlatlarning milliy tizimlariga investitsiya kiritishga chaqirmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing