Qariyb 1 mlrd so‘mlik taqinchoqlarni yashirincha olib o‘tishga uringanlar ushlandi
3-sahifa
−
11 iyun 3595 1 daqiqa
Toshkent xalqaro aeroportida 1 mlrd so‘mlik taqinchoqlarni yashirincha olib o‘tishga uringanlar to‘xtatildi. Bu haqda “Toshkent-Aero” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Dubay-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha birgalikda uchib kelgan 3 nafar fuqarolarni belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazish jarayonida mazkur fuqarolar tomonidan yashirilgan, bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan zargarlik buyumlari borligi fosh bo‘lgan.
Aniqlangan zargarlik buyumlarining umumiy og‘irligi 781 grammni, taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra qiymati esa salkam 970 mln so‘mni tashkil etgan.
Bildirilishicha, hozirda ushbu zargarlik buyumlari ashyoviy dalil sifatida saqlovga olinib, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatidagi “Navoiy” chegara bojxona postida 1,1 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari yashirincha olib o‘tishga urinish fosh etilgandi.
Live
Barchasi