Qariya Borrel YeI davlatlariga Ukrainaga qurol-yorog‘ yuborishni “buyurdi”

Olam

image

Yevropa Ittifoqi tashqi xizmati rahbari Jozep Borrel hamjamiyatning Ukrainadagi mojaroni kuch bilan hal etish va bu davlatga harbiy yordamni kengaytirish istagi borligini tasdiqladi. Bugun, 11 aprel kuni u Lyuksemburgdagi Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishiga kelganida tegishli bayonot bilan chiqdi. 

“Biz Ukrainaga yordamni kengaytirish masalasini muhokama qilamiz”, deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Yevrokomissiya matbuot xizmati. 

Borrelning so‘zlariga ko‘ra, “yaqin kunlarda” Donbassdagi keskinlik yanada kuchayadi. Shu bilan birga, u endi Kiyevga muammosiz sayohat qilish mumkinligini ta’kidladi.  

"Kiyevga xohlagancha sayohat qilishingiz mumkin, men guvohman. Biz u yerda o‘z missiyamizni qayta ochdik", deb qo‘shimcha qilgan Borrel. 

Shuningdek, u YeI mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni keng ko‘lamda qo‘llash masalasini ko‘rib chiqishlarini va yangi cheklovlarni muhokama qilishlarini aytdi. Biroq u Ukrainaga neft yetkazib berishga embargo qo‘yish borasidagi savolni javobsiz qoldirgan.

Shuningdek, u  hamjamiyat mamlakatlarini Ukrainani zudlik bilan qurol-yarog‘ bilan ta’minlashga va haftalar emas, bir necha kun ichida tegishli qaror qabul qilishga chaqirdi. 

“Bloomberg”ga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi hukumatlarining aksariyati Ukrainaga qurol yetkazib berish bo‘yicha so‘rovlarni ko‘rib chiqish majburiyatini olgan, biroq unda aniq sanalar ham, qurollarning aniq turlari ham ko‘rsatilmagan. 

11 aprel kuni Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirlari Lyuksemburgdagi yig‘ilishda ushbu mavzuni, shuningdek, Rossiya neftini import qilishni taqiqlash masalasini batafsil muhokama qiladi. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta oxirida Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen va YeI diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Ukrainaning avvalroq tinch aholining ommaviy qabrlari topilgan Bucha shahriga borgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

226

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing