Qariya Bayden yana “qovun tushirdi”

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Milliy gubernatorlar assotsiatsiyasining yillik yig‘ilishida nutq so‘zlayotganda chalkashib ketdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Bayden nutqi davomida Xitoyni Rossiya bilan adashtirib, Oq uyning sobiq rahbari Barak Obama undan Xitoy rahbari Si Szinpin bilan yaqinroq bo‘lishni so‘raganini tasvirlab bergan.

"Men Szinpin bilan ko‘p vaqt o‘tkazdim. O‘rtamizda ko‘p kelishmovchiliklar bo‘ldi. Men vitse-prezident bo‘lganimda Obama Si Szinpin bilan uchrashishimni xohlagan. U kelajakda ham Rossiyani boshqarishi aniq”, degan u.

Shundan so‘ng, Bayden darhol xatosini tuzatgan va Si bilan Qo‘shma Shtatlar, Xitoy bo‘ylab 27 ming kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tganini qo‘shimcha qilgan.

Jo Bayden AQSH tarixidagi eng keksa prezident bo‘lib, uning omma oldida tez-tez toyinib ketishi va noto‘g‘ri qadam tashlashi asosiy siyosiy raqibi respublikachi Donald Trampning qattiq tanqidiga sabab bo‘lgan. Hatto demokratlar orasida ham bir qator taniqli siyosatchilar Baydenni yoshi kattaligini bahona qilib, uni saylov kampaniyasida ishtirok etishdan bosh tortishga qayta-qayta chaqirgan.

Jo Bayden 2029 yilda ikkinchi prezidentlik muddati yakunida qayta saylansa, u 86 yoshga to‘ladi.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing