Qariya Bayden ilk matbuot anjumanida “shpargalka”dan foydalandi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH Prezidenti Jo Bayden kecha, 25 mart kuni o‘tkazilgan ilk matbuot anjumanida "shpargalka"lardan foydalandi. Bu haqda "Fox News" xabar bergan.  

Bayden tomonidan ishlatilgan ba’zi kartochkalar fotosuratga tushib qolgan. 

Shunday qilib, ularning birida muhokama uchun tezislar va asosiy statistik ma’lumotlar, ikkinchisida esa matbuot anjumanida qatnashgan jurnalistlarning fotosuratlari bo‘lgan. Bundan tashqari, ba’zi muxbirlarning fotosuratlari yonida raqamlar bo‘lgan. 

Telekanalning ta’kidlashicha, matbuot anjumanlarida eslatmalar uchun kartochkalardan foydalanish "noodatiy narsa" emas. 

Avval xabar berganimizdek, 25 mart kuni AQSH Prezidenti Jo Baydenning prezidentlik davridagi ilk matbuot anjumani o‘tkazildi. Bayden prezidentligining 65-kunida jurnalistlarning savollariga javob berdi.  

Matbuot bilan suhbati davomida davlat rahbari 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida qatnashish niyati borligini e’lon qilgan, shuningdek AQSHda koronavirusga qarshi emlash bo‘yicha yangi maqsad qo‘yishini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bayden shpargalka

Baholaganlar

159

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing