Qariya Bayden davlat uchun xavfli – AQSH Spikeri

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Baydenning yoshi mamlakat uchun xavf tug‘dirmoqda. Bu fikrni Vakillar palatasining yangi Spikeri Mayk Jonson (Luiziana shtatidan respublikachi) Fox News telekanalida efirga uzatilgan jurnalist Shon Xenniti bilan suhbati chog‘ida bildirdi.

"Ha, menimcha, ko‘pchiligimiz shunday deb o‘ylaymiz", deb javob berdi Jonson Baydenning yoshi bilan bog‘liq aqliy qobiliyatining pasayib borishi haqidagi savolga javob berar ekan. 

"Bu shaxsiy kamchilik emas, lekin bu yosh va aql bilan bog‘liq, hamma odamlar har xil qariydi. Va biz hozir jahon sahnasida zaifligimizni ko‘rsatmasligimiz darkor, buning vaqti ham emas. Chunki dunyo xavfga to‘lgan, u porox bochkasiga o‘xshab qolgan”, deydi Jonson.

Spikerning fikricha, Baydenning prezidentligi muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

Mayk Jonson Xitoyni Qo‘shma Shtatlarning haqiqiy raqibi, deb hisoblashini ham ma’lum qilgan.

"Biz dunyodagi so‘nggi haqiqiy super kuchmiz. Xitoy esa biz uchun teng raqib. Biz harbiy ustunligimizni saqlab qolish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz", deydi Jonson.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26 oktyabr kuni Amerikalik kongressmen Mayk Jonson (Luiziana shtatidan, respublikachi) AQSH Vakillar palatasi Spikeri etib saylangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Bayden AQSh Spikeri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing