Qarishga qarshi yangi texnologiya ishlab chiqildi
Bu qiziq
−
19 Sentabr 2023
7147Janubiy Koreyaning Ulsan milliy fan va texnologiya instituti olimlari qarishga qarshi kurashuvchi yangi texnologiyani ishlab chiqdi. Bu haqda Journal of The American Chemical Society jurnali xabar berdi.
Unda aytilishicha, mazkur texnologiya yoshga bog‘liq kasalliklarni davolash va qarigan hujayralarni sog‘lom hujayralarga zarar yetkazmasdan olib tashlashga asoslanadi.
"Ma’lumki, qarigan hujayralar odamlarda yoshga bog‘liq kasalliklar yuzaga kelishiga turtki beradi. Olimlar yangi tadqiqotda qarigan hujayralar membranalarida haddan tashqari ekspressiyaga uchragan retseptorlarni tanlab, nishonga oladigan organik molekulalarni yaratishdi", deyiladi xabarda.
Shuningdek, ushbu molekulalar disulfid aloqalarini ta’minlash va oligomerlarni yaratish uchun qarigan hujayralardagi yuqori darajadagi reaktiv kislorod turlaridan foydalanadi.
Qolaversa, oligomerlar mitoxondriyal membranalar bilan bog‘lanib, ularni bartaraf etadigan a-spiral shaklida ikkilamchi tuzilishga ega bo‘lgan sintetik oqsillarda yig‘ilishi aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada qozonlik olimlar va shifokorlar inson umrini 150 yilgacha uzaytira oladigan maxsus kapsula o‘ylab topgani haqida xabar bergan edik.
Imomova Mashhura
LiveBarchasi