“Qarindoshlik jazodan himoyalamaydi”. Japarov jiyanining qamalgani haqida gapirdi
Olam
−
24 iyul 2023
7230Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov qarindoshlik rishtalari jinoiy javobgarlikka tortilishdan qutqarib qola olmasligini aytdi. Bu haqda u “Kabar” agentligiga bergan intervyusida so‘z ochdi.
Gap shundaki, davlat rahbari qarindoshlaridan biri korrupsiyada ayblanib, hibsga olingan edi. Sadir Japarov bunga shaxsan o‘z munosabatini bildirdi:
“Hozir zamon boshqa. Hammaga birdek munosabatda bo‘lish kerak. Kim bo‘lishidan qat’iy nazar, korrupsiyaga aloqadormi, hibsga olinadi. Agar davlatga zarar yetkazsa, ikki marta tovon to‘laydi. Kim zararni qoplamasa, qo‘yib yuborilmaydi”, degan Japarov.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyi boshida Qirg‘iziston Prezidentining jiyani Ulan Japarov bojxonadagi korrupsion jinoyatlarga aloqadorlikda ayblanib, hibsga olingandi. 20-iyul kuni bo‘lib o‘tgan appelyatsiya sudi ham Japarovni hibsda qoldirishga hukm qilgandi.
LiveBarchasi